dardlash
bilan ulashing
Bir-biriga koʻnglidagi gʻam-u tashvishlarini, qaygʻu-hasratini izhor qilmoq, hasratlashib koʻngil yozmoq, hasratlashmoq.
-
Koshki u ham Yoʻlchiga hamrohlik qilgan boʻlsa, u bilan dardlashib, gʻamlariga sherik boʻlib u bilan birga tepalar, jarlar oshsa. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Siz bilan bir dardlashib, yuragimni boʻshatib olmoqchiman. Mushtum
-
Ergash bilan Yoʻldosh uzoq dardlashib oʻtirdilar. Ergash juda ezilgan, choʻkkan edi. A. Muxtor, Chinor
DARDLASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАРДЛАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dardlash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar