darmon
bilan ulashing
1. Tirik organizmdagi energiya-quvvat, mador, kuch.
-
Qalam kuchi farmon bilan, Qilich kuchi darmon bilan. Maqol
-
Mana, xotinim yotib qoldi, yostiqdan boshini koʻtarishga darmoni yoʻq. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Meni oʻzingday baquvvat deb oʻylaysanmi? Darmonim yoʻq, bolam, darmonim. S. Anorboyev, Hamsuhbatlar
2. koʻchma Yordam, koʻmak; ruhiy madad.
-
Avgustda gʻoʻzaga quyilgan suv hosilga darmondir. Gazetadan
-
Ikki ogʻiz iliq soʻzing ularga bir yil darmon boʻladi. Oybek, O. v. shabadalar.
3. Chora, iloj; davo.
-
Dard bergan darmonini ham berar. Maqol
-
Dardini yashirgan darmon topmas. Maqol
-
Dardiga darmon qidirdim, yorginam bir boqmadi. U. Ismoilov, Saylanma
-
Goh shifo topamiz biz dorulardan, Goho muhabbatdan izlaymiz darmon. A. Ismoilov, Yugurik nur
darmon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Darmoni kelmoq
-
Dard ketdi, darmon keldi. Maqol
-
Bozor imomning hurmati uchun yostiqdan bosh koʻtarmoqchi boʻldi, biroq darmoni kelmadi. S. Ayniy, Doxunda. Darmoni (yoki darmondan) ketmoq Kuchsizlanmoq, bemador boʻlmoq
-
Dard kelganda darmon ketar. Maqol
-
Oq-soqolning tizzasidan darmoni ketib, supa chetiga oʻtirib qoldi. S. Ahmad, Ufq
-
Tanamdan ketdi darmonim, Kuyib ketdi ustuxonim. Gulnorpari
-
Orifjonning darmoni qurib, oʻzini yostiqqa tashladi. S. Ahmad, Saylanma
Darmon (yoki darmonga) kirmoq
-
Sal darmonga kirsangiz, yaxshi boʻlardi. Oʻzlukib qolmaysizmi? S. Zunnunova, Gulxan
-
Shukur, ancha darmonga kirdim. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Eh koʻrkam oromgohning Quchogʻida koʻp jonlar. Yangi oʻquv yiligacha Quvnab olur darmonlar. T. Toʻla
DARMON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАРМОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
darmon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar