daromad
bilan ulashing
1. Savdo-sotiq, mehnat, ishlab chiqarish sohalaridan davlat yoki ayrim shaxslar hisobiga kelib tushadigan sof pul va boshqa xil tushumlar; kirim.
-
Bir kunlik daromad. Davlat daromadi. Milliy daromad. Daromadga qarab buromad. Maqol
-
Unumli mehnat — katta daromad. Maqol
-
Toʻgʻrilik, halollik tufayli topilgan daromad oilaga baxt keltiradi. Saodat
-
Oʻzbekiston sharoitida asalarichilik yaxshi daromad beradigan soha hisoblanadi. M. Toʻychiyev, Asalarichilik
-
Daromadga yarasha buromad deganlaridek, toʻy ham shunga qarab juda dabdabali oʻtdi. Mushtum
2. Muqaddima, kirish.
-
Gapning daromadi.
-
Gapning daromadi tugab, endi buromadga koʻchdi, shekilli, — oʻyladi chol. Mushtum
-
Shu orada ertakning daromadi tugab, Qosimaxon suv parisi haqida gapira boshladi. M. M. Doʻst, Galatepa qissasi.
3. Biror maqsadni anglatish uchun shu maqsad atrofida uzoqdan boshlangan gap.
-
— Shunaqa qilib, Narzini ham yubormoqchimisiz? — dedi kampir, darrov gapning daromadini payqab. H. Nazir, Mayoq sari
-
domlaning soʻz daromadiga qaraganda, sizni oʻziga kuyov qilish fikri borga oʻxshaydi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Onaxon Haqnazarova daromad qilib oʻtirmasdan, shartta shu yangi gigant obyektni olishni taklif qildi. Gazetadan
4. Biror joyga kiriladigan yoʻl, eshik, yoʻlak.
-
Uylarning daromadi va derazalari koʻchadan koʻrinadi. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Agar hujra daromadiga eshik quriladigan boʻlsa, qorongʻi bir qabr, yana ham toʻgʻrisi, daxma holiga kiradi. A. Qodiriy, Obid ketmon
daromad soʻzi qatnashgan jumlalar:
Daromad soligʻi
Daromad taqsimoti
-
Ish sentyabrning oxirlarida boshlanib, daromad taqsimotiga yaqin tugadi. A. Qahhor, Asarlar
-
Daromad taqsimotidan keyin kelin bilan kuyovning ishi juda koʻpayib ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
DAROMAD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАРОМАД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
daromad so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar