daroz
bilan ulashing
1. Baland boʻyli, novcha, boʻychan.
-
Daroz odam. Daroz terak. Aqlli pakana ahmoq darozdan yaxshi. Maqol
-
Sodiqjon yigirma yoshlardagi daroz, ogʻirkarvon, kamgap yigit. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
Kun botib qolgani uchun bolalarning boʻyi daroz koʻrinadi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
-
Lekin bu hovlidagi chuchmomalar juda daroz, poyalari sip-silliq va oq. Sh. Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa
2. Uzundan-uzoq, uzun.
-
Ayta bersa barcha nutqin, Boʻlajak soʻzi daroz. Shayxzoda
-
Sidqi bilan qip edim sizlarga ixlos, Oʻgʻlimning umrini dedinglar daroz. Erali va Sherali
daroz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Darozdan kelgan
-
Darozdan kelgan, yagʻrindor Timofey uzun va baquvvat qoʻllari bilan Sheralini quchoqladi. M. Muqamedov, Qahramon izidan
Dastini daroz qilmoq
-
Besh million soʻmlik imtiyozli qarz uning ishonch va qatʼiyatini oshirdi. dastini daroz qildi. Gazetadan
DAROZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАРОЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
daroz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar