darra
bilan ulashing
1. tarixiy Xon-amirlar davrida jazoga mahkum etilgan kishilarni savalash uchun qayishdan oʻrib yoki tikib yasalgan qalin enli qamchi.
-
Zaxzindonlarda darra yeb, badanlari qavargan begunoh kishilar, pok diydalar yotar edi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Zum oʻtmay bir oʻram chilvir bilan toʻrt enlik qalin darra olib chiqdi. S. Siyoyev, Avaz
2. Xalq oʻyinlaridan biri va shu oʻyinda yutqazgan kishini urish uchun roʻmol yoki belbogʻdan eshib qilingan qamchi, arqoncha.
3. koʻchma Kuch, qurol; vosita.
-
Zamonaviy qiziqchilar koʻproq eskilikning kishilar turmushi va tushunchasidagi koʻrinishlarini satira darrasi bilan ayamay savalaydilar. M. Qodirov, Hajv, xanda va qahqaha
darra soʻzi qatnashgan jumlalar:
Darraga yotqizmoq
-
Benamozlardan birini darraga yotqizib, hadeb uni urmoqda edilar. Mushtum
-
Menda boshqalarning oʻgʻlini darraga yotqizish chogʻida koʻndalang keladigan vijdon bor, diyonat bor. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
DARRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАРРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
darra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar