bashorat
bilan ulashing
1. kt. esk. Xushxabar; mujda.
-
Hudaychi qoʻrgʻon begi qoshiga yetib, bek hazratlarining hozir yetib kelishlariga bashorat berdi, yana otining boshini burib, yigitlari bilan orqaga qaytdi A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Samoviy mavjudotlar shohanshohning baxt va saodatidin bashorat berdilar. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
2. Oldindan koʻrish, oldindan aytib bera olish; oldindan aytilgan fikr; taxmin, moʻljal.
-
Bu orada onasining bashorati toʻgʻri chiqib, yomgʻir tomchilay boshladi. Q. Kenja, Notanish gul
3. Bashorat (xotin-qizlar ismi).
bashorat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bashorat qilmoq
-
Ular., otaning hademay turib ketishini bashorat qilishardi. Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi
-
Tabiatning yil davomida koʻrsatguvchi injiqliklaridan hech kim bashorat qilolmaydi. Saodat
-
Hatto palakdagi kaliy miqdoriga qarab boʻlajak hosil sifatini bashorat qilish mumkin. Fan va turmush
BASHORAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАШОРАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bashorat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing