bashang
bilan ulashing
1. Yasangan-tusangan, nihoyatda chiroyli, koʻrkam; olifta.
-
Kiyimlari bashang qozoq biylari, boʻlislari va qoʻychi boylari viqor bilan ot ustida yuradilar. Oybek, Bolalik
-
U [Sohiba] xuddi ulugʻ bayramlardagidek bashang kiyingan. Gazetadan
-
Mehmonxonaga bashang kiyingan yoshgina yigit kirib keldi. Yoshlik
-
Odamlar hozirgi kunda yangi, bashang kiyinish uchun sarf-xarajatdan qochmaydigan boʻlib qolishgan. Gazetadan
2. Oʻziga zeb berishni, modaga muvofiq kiyinishni yaxshi koʻradigan, modaboz, olifta.
-
Bashang ayol.
-
Joy bermadi tramvayda Allaqanday bir bashang, Kasofatning kasri urib, Yana tagʻin siz tajang. A. Oripov
3. koʻchma Chiroyli, did bilan bezatilgan.
-
Dasturxon bir nafasning oʻzida xuddi bayramdagidek bashang tuye oldi-qoʻydi. L. Tojiyeva, Mehrim sizga, odamlar
-
Uni bashanggina jihozlangan xonaga taklif qildi. Sh. Toshmatov, Tongdagi koʻlanka
BASHANG so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАШАНГ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
BASHANG so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan BASHANG so‘ziga berilgan ma’nolar
bashang so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
bashang so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar