ikkinchi
bilan ulashing
1. Tartib sirasida 2 raqami bilan belgilangan; 2 nomerli.
-
Ikkinchi jild. Ikkinchi uy. Ikkinchi qator.
-
Juvon uzoq adirning etagida qorayib turgan qishloqni koʻrsatdi: — Ikkinchi MTS hu oʻsha yerda. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Maʼlum tartibdagi predmet, voqea-hodisa va shu kabilar qatorida eng oldingidan keyingi oʻrinda turgan, birinchidan keyingi.
-
Ikkinchi sinf. Oʻtgan asrning ikkinchi yarmida.
-
Dalaga birinchi kuni 52, ikkinchi kuni 79 odam chiqdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. Ayni bir narsaning tilga olinganidan boshqasi, keyingisi.
-
Murod bir tuflisining uchini ikkinchisining tovoni bilan bosib, chaqqonlik bilan oyoq kiyimini oldi-da, uyga kirdi. T. Ashurov, Oq ot
-
Ular bir-birlari bilan oʻchakishganday, xurrakni daraja-badaraja oshirishga tirishadi: birisiniki avjga minganda, ikkinchisi boshlaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Boshqa marta, qayta.
-
Bas, uyatsiz maxluq! Kim uni zaharlaydi? Bu gapni man ikkinchi eshitmay. Oybek, Tanlangan asarlar
IKKINCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИККИНЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ikkinchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar