ikkilamchi
bilan ulashing
1. sheva Ikkinchi bor, yana qayta; ikkinchi.
-
— Bor sinfingga, ikkilamchi bemaʼnilik qilma, — dedi direktor [Toʻlaga]. M. Ismoiliy, Bizning roman
-
Boylar kir yuvdirgani chaqirganlarida, ergashib yo yoʻqlab borgan bolasiga qattiq-quruq tekkanlarini koʻrsa, kirni koʻz yoshlari bilan yuvib kelar, keyin unday joylarga ikkilamchi qadam bosmay soʻyar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Biror jarayon yoki hodisalar qatorida ikkinchi oʻrin tutadigan, ikkinchi darajali.
-
Bunday konstruksiyalar predikativlik funksiyalarini, garchi ikkinchi planda boʻlsa-da, saqlaydilar va shuning uchun ham ulardagi predikativ aloqa ikkilamchi xarakterga ega boʻladi. OʻTA
3. fls. Materialistik taʼlimotga koʻra, materiyadan keyin, uning hosilasi sifatida yuzaga kelgan, materiyadan keyingi.
-
Materiya — birlamchi, ong, tafakkur ikkilamchi.
4. krsh. s. vzf. kam qoʻll. Ikkinchidan.
-
Avvalambor, bu yerda begona kimsa yoʻq! Ikkilamchi, podshoh nazdida biz oʻlgan odamlarmiz. Mirmuhsin, Meʼmor
IKKILAMCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИККИЛАМЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ikkilamchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar