darvesh
bilan ulashing
1. din. I Tarki dunyo qilgan, goʻshanishinlikka berilgan odam; sufiy.
-
Damashq shahrida bir karvonsaroyning darvozaxonasida sochlari oqargan baland boʻyli bir darvesh oʻtirar edi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi
-
Banki biror bobom shahanshoh oʻtgan, Balki vujudimda darvesh qoni bor. A. Oripov, Yillar armoni
-
Huv tortadi xonaqohning darveshi. Hasanxon
2. koʻchma Hech narsasi yoʻq, qashshoq, gado.
-
Zero, xalq shunday bir daryoyi azimki, u toshsa, uning mavjidan na shohning qasri, na darveshning kulbasi qolur. Oybek, Navoiy
-
Koʻz ochib yumguncha, darveshning oldida anchagina tanga yigʻildi. Yoshlik
3. koʻchma Hech narsa bilan ishi yoʻq, oʻtaketgan sodda va sipo odam.
-
Shoir qiziq xalqda, haqiqiy darvesh boʻladi. Shukrullo, Saylanma
DARVESH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАРВЕШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
darvesh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar