darvoza
bilan ulashing
1. Shahar, qoʻrgʻon, qalʼa, hovli va shu kabilarga kiriladigan ikki tabaqali katta eshik, qopqa.
-
Taxta darvoza. Temir darvoza.
-
Darvozaning bir tabaqasi ochiq edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Tongda, qalʼa darvozalari ochilgan hamon Avaz yoʻlga tushdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Kun choshgohga yaqin Otabek saroy darvozasidan chiqdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Kanallarda suvni toʻsish yoki qoʻyib yuborish uchun ishlangan maxsus qurilma; qopqa.
-
Qani, kanal darvozasini ochib yubor.
3. sprt. Futbol, xokkey va shu kabilar oʻyinlarda maydonning raqib yoʻllagan toʻpni (shaybani) kiritmaslik uchun himoya qilinadigan chekli qismi.
-
Paxtakorchilar raqib darvozasiga uchta toʻp kiritdilar. Gazetadan
-
Dinamo xokkeychilari raqib darvozasiga beshta shayba urib, gʻalabaga erishdilar. Gazetadan
4. koʻchma Imkoniyat.
-
Bir darvoza bekilsa, Ming darvoza ochiladi. Xalq durdonalari
5. koʻchma Sezgi, seza olish imkoni.
-
Hislar uchun yaralmish yetti darvoza. U. Ismoilov, Saylanma
6. koʻchma Boshlanish, erishish, yetishish yoʻli.
-
Goʻzallik darvozasining yoʻli — latofatda. Gazetadan
-
Bobomning bu soʻzlari menga ajoyibotlar olamining darvozasini koʻrsatib, kalitini yashirib qoʻygandek tuyuldi. S. Karomatov, Bir tomchi qon
darvoza soʻzi qatnashgan jumlalar:
Shahar darvozasi
-
U Xivaga borib yetguncha, shahar darvozasi ham berkilib qolgan. Oydin, Gulsanam
-
Qipchoqlar bizning tomondan otilgan miltiq oʻqlariga chidolmay, Samarkand darvozasini tashlab, Kamolon darvozasiga yuzlandilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar;
Baxt darvozasi
-
U seni sevmaydi. Baxting ochilishiga ovora boʻlma, bu uyda senga baxt darvozasi berk. I. Rahim, Ixlos
Bilim darvozasi
-
Maktab — bilim darvozasi, yaʼni faqat bilim olish yoʻlini koʻrsatib beradi, xolos. P. Tursun, Oʻqituvchi
Darvozasi keng (yoki ochiq)
-
Ey Habibiy, yor-u doʻstlarga ochiq darvozamiz. Xalqparvar, bagʻri keng, himmatda beandozamiz. Habibiy
-
Himmatli boʻl, ochiq boʻlsin darvozang, Ilmingni soch, chiqsin baland ovozang. Habibiy
DARVOZA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАРВОЗА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
darvoza so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar