g‘irrom
bilan ulashing
1. Ish, hayotda halollik, poklikka rioya qilmaydigan, unga zid ish yurituvchi; nopok, muttaham.
-
Yaxshi ishlasangiz, bas, aka-uka boʻlib ketamiz. Lekin, aytib qoʻyay, gʻirromlarga tobim yoʻq. E. Nosirov, Topshirilmagan sovgʻa
-
kichik xoʻjayinlar bazani xomtalashga olganlar. Qaysi birlari olgʻirroq va gʻirromroq boʻlsa, shunisi koʻproq koʻtargan. X. Toʻxtaboyev, Qalpoq yirtildi
-
Yetuk olim boʻlishni istagan odam harom va gʻirrom yoʻlga kirmasligi kerak. Gazetadan
2. Oʻyin, musobaqa, bellashuvda tartib-qoidaga zid yoʻl tutuvchi; halollikka rioya qilmaydigan, notanti.
-
Shaxmatning yana bir zarari shuki, agar gʻirrom odam bilan oʻynasangiz, asabingiz buziladi. A. Qahhor, Asarlar
-
Bel olishganda kurash maydonida, Gʻirrom-u notanti polvon chaladir. Habibiy
3. Oʻzbek kurashi atamalaridan biri: bellashuv paytida katta xatoga yoʻl qoʻygan yoki takror qoʻpollik qilgan kurashchiga oxirgi ogohlantirish sifatida qoʻllanadi.
G‘IRROM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒИРРОМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘irrom so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan G‘IRROM so‘ziga berilgan ma’nolar
g‘irrom so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar