g‘irilla
bilan ulashing
1. Tez aylanish, harakat yoki boshqa sabab tufayli gʻir-gʻir etgan tovush chiqarmoq; pirillamoq.
-
Mashinalar gʻirillab, Sahifalab beradi. Bir yoqdan korrektorlar Solishtirib koʻradi. Q. Muhammadiy
-
Radiokarnay gʻirillab turib, birdan gapira boshladi. S. Ahmad, Ufq
2. Gʻir-gʻir esmoq, tez yelmoq (shamol, izgʻirin haqida).
-
Janubdan gʻirillab shamol esardi.
-
— Taqsir! —
-
Hasan soʻfi xitob qildi. — Siz salqinda, gʻirillagan shabadada koʻk choy ichib, maza qilib oʻtiribsiz! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Kun sovuq, aravaning ustida gʻirillab turgan izgʻirin yuzlarni yalaydi. Oydin, Fonar tagida
3. aynan Gʻizillamoq 2.
-
Akrom aka, tayyorini sotib ola qolsak boʻlmaydimi, gʻirillab olib kelaman. Mushtum
-
Xatni oʻqib, qiziqib qoldik. Ertasigayoq oyoqni qoʻlga olib, oʻsha tomonga gʻirilladik. Mushtum
-
Oʻgʻli Fozil ham dadasining savdo-sotigʻi bilan bozorga gʻirillaydigan boʻlib qoldi. S. Zunnunova, Olov
g‘irilla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Non deganda, kesak gʻirillagan (gʻirillaydigan) yoki non deganda, kesak gʻirillaydi
-
Non deganda kesak gʻirillagan zamonlar kishilar esidan chiqdi Hayot yaxshi boʻlib qoldi. Shuhrat, Umr pogʻonalari
-
Azbaroyi xudo, shu xumsangiz eshigida kushod ikki oy boʻynimni egib, non deganimda, kesak gʻirillaydigan boʻldi. A. Qodiriy, Kichik hikoyalar
G‘IRILLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒИРИЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘irilla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar