g‘ira-shira
bilan ulashing
1. Erta tong yoki shomda narsalar aniq koʻrinmaydigan payt; havoning erta tongda yorishib kelayotgan, kechqurun qorongʻilashayotgan holati; yorugʻlik yoki qorongʻilikning kuchsiz holati.
-
Gʻira-shira yorugʻ. Gʻira-shira qorongʻi. Gʻira-shira xona. Gʻira-shira payt.
-
Eʼzozxon bugun uydan har kungidan ertaroq — tong gʻira-shirasida, nonushta qilmasdanoq chiqdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Hozir gʻira-shirada ularni bir-biridan ajratish qiyin. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Gʻira-shira koʻchalar, guzarlarda qandaydir qora soyalar koʻzga chalinardi. O. Yoqubov, Koʻhna dunyo
2. Narsaning koʻrish yoki tasavvurdagi aniq-ravshan boʻlmagan, xira aksini bildiradi.
-
Gavhar uning qorongʻida gʻira-shira koʻrinib turgan mehribon chehrasidan bu safar ham iltimosini yerda qoldirolmaganini tushundi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Yoshlik! Bu yillarda hayotingizda boʻlib oʻtgan voqealar tushda koʻrganday gʻira-shira esda saqlanadi. S. Karomatov, Lirika bastakori
-
Yosh pallamda dadam, ayam bilan birga shahardagi hovlimizga kelganim gʻira-shira yodimda. Oybek, Tanlangan asarlar
G‘IRA-SHIRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒИРА-ШИРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan G‘IRA-SHIRA so‘ziga berilgan ma’nolar
g‘ira-shira so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
g‘ira-shira so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar