g‘irt
bilan ulashing
1. Belgining kuchli darajasini qayd etadi, kuchaytiruv bildiradi (odatda salbiy belgilarga nisbatan qoʻllanadi).
-
Gʻirt ahmoq. Gʻirt savodsiz. Gʻirt mast. Gʻirt nodon. Gʻirt xom.
-
Bittasi Avvalbek boʻlsa, u — gʻirt piyonista M. M. Doʻst, Lolazor
-
Gʻirt omiman, bizga oʻqish qayda Oybek, Nur qidirib
2. Otlar bilan va ayrim darajalanmaydigan soʻzlar bilan qoʻllanib, shu soʻz anglatgan narsa, holatning shaxs yoki predmetga toʻlaligicha, butunlay daxldorligi, oidligi maʼnosini bildiradi; butunlay, turgan-bitgani.
-
Gʻirt tuhmat. Gʻirt rasmiyatchilik.
-
Isiriq tutatishni xurofot deyishning oʻzi gʻirt xurofot ekan. Fan va turmush
-
Xafa boʻlmang-u, pochcha, ammo gʻirt afandi ekansiz. A. Koʻchimov, Halqa
-
Ilgari bu joylar gʻirt toʻqayzor, odam yoʻq edi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Umid uchinchi sinfga oʻtganida, adasi ham toʻsatdan oʻlib qoldi u gʻirt yetim boʻlib qoldi. Mirmuhsin, Umid
taql.s. Kesish, uzish yoki ishqalanishdan hosil boʻladigan keskin tovushni bildiradi.
-
Eshik gʻirt etib ochildi.
G‘IRT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒИРТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘irt so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan G‘IRT so‘ziga berilgan ma’nolar
g‘irt so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar