gaz
bilan ulashing
1. eskirgan Metrik sistema qabul qilinganga qadar ishlatilgan, 0,71 metrga teng uzunlik oʻlchovi birligi; arshin.
-
Nurioy, oyingizdan toʻrt gaz chit olib berasiz, albatta. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Berdiboy tepaning moʻljalga kelgan joyidan oʻn besh gaz chamasi joyni kesib tushirdi. A. Qodiriy, Gʻirvonlik Mallavoy
2. Shu uzunlikdagi oʻlchov asbobi.
-
Bukma gaz.
-
Hindi qoʻlidagi gazni peshtaxtaga qoʻydi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Tursunboy ochilgan qoʻriqni avval qadam-baqadam, soʻng gaz bilan oʻlchab koʻrdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
gaz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻz gazi bilan oʻlchamoq
-
Hamma narsani oʻz gazi bilan oʻlchaydigan Abdurahim, oʻzi yolgʻonchi boʻlgani uchun, hech kimning gapiga ishonmaydi. Mushtum
1. Yoqish, yoritish, isitish yoki dvigatellarni harakatga keltirish uchun ishlatiladigan gazsimon modda; olov.
-
Kolxozchilarning uylariga gaz kiradi. Juda yaxshi! I. Rahim, Hayot buloqlari
2.
-
U [Yodgor] oshxonaga kirib, choygumni gazga qoʻydi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
gaz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gaz bermoq
-
Yigit gaz berib, oldida ketayotgan yuk mashinani quvib oʻtib ketdi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Tankchi qattiq gaz berib, oldinga yurdi. I. Rahim, Chin muhabbat
Yupqa shaffof ipak gazlama; harir.
-
Bir koʻylaklik gaz. Gaz roʻmol.
1. aynan Yulgʻun.
2. eskirgan Kamonning patsiz oʻqi.
GAZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГАЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gaz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar