gazak
bilan ulashing
Yaraning, shikastlangan joyning yalligʻlangan, yiring olgan holati.
-
Xalq juda koʻp shishlarni paxtadogʻ bilan davolaydi. Agar bu shish gazak shishi boʻlsa, paxtadogʻ foyda qiladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
gazak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gazak olmoq
-
Qulogʻimning yarasi gazak ola boshladi. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Radiodan eshittirilgan kichkina xabar tufayli boshlangan janjal gazak olib, kattalashib ketdi. Mushtum
-
Aʼzamjon bu gaplar shunchalik gazak olib ketishini oʻylamagan edi. S. Ahmad, Ufq
Ichkilikdan keyin yeyiladigan yegulik; ishtaha ochar yengil ovqat.
-
Nusratbek gazagiga hech narsa yemay, shishasi terlab turgan muzday suvdan piyolaga quyib oldi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
gazak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gazak qilmoq
-
Keyin, Hakimjon likobchaga solib qoʻygan jizzadan bitta-bitta gazak qilishdi. Oʻ. Usmonov, Qismat
Gazak ham boʻlmaydi
-
— Anavi kuni yuborgan paxtangiz gazak ham boʻlmadi, — dedi Ahmad Joʻraga. S. Shokarimov, Urugʻ-aymoqlar
GAZAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГАЗАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gazak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar