uzr
bilan ulashing
1. kam qoʻll. Kechirish, afv etish.
-
Yoshlikda hammadan ham xatolik oʻtadi. Kichikdan — xato, kattadan — uzr. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Biron ish, xatti-harakatni oqlovchi narsa; sabab, vaj.
-
Ishlashdan qoʻrqishim toʻgʻrisidagi uzrimni aytib yigʻladim. Gʻ. Gʻulom, Tirilgan murda
-
Uylanish sizga ham farz, ham qarz. Bunga qolganda, albatta, bir uzr koʻrsatolmaysiz. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Molimizni ortgan tuyakashlar shu saroyga tayinlangan edilar. — Har holda, bu uzr emas! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Afv etish, kechirish haqidagi iltimos; kechirim.
-
Oʻtib ketgan, hozir hammamizni ham xijolatga qoʻygan ish toʻgʻrisida Farmonqul, uzr tariqasida boʻlsa ham, gap ocharmikin, deb xavotirda edim. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. undov so‘z Afv eting, kechiring maʼnolarida ishlatiladi.
-
— Uzr, sizni qoʻrqitib yubordim, — dedi Gʻulomjon. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
— Uzr, aybga buyurmaysiz, — dedi Nusratbek, olimni ishdan qoldirayotganiga iymanib. S. Nurov, Narvon
uzr soʻzi qatnashgan jumlalar:
Uzr soʻramoq (yoki aytmoq)
-
Yusufjonov shu xayolda kelarkan, oʻzini bir ayolga urib olib, undan zoʻrgʻa uzr soʻradi. N. Fozilov, Hayot oʻrgatdi
-
Bor, jonginam, amakingga, Savrixon ayaga uzr ayt. Mushtum
UZR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЗР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
uzr so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan UZR so‘ziga berilgan ma’nolar
uzr so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar