uzoqlash
bilan ulashing
1. Biror kimsa yoki narsadan nari (uzoq) ketmoq; yiroqlashmoq.
-
Zaynab orqasiga qaray-qaray, Otabekdan uzoqlashdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Choyxoʻrlar birin-ketin oʻrinlaridan turib, Oyqizning koʻzidan uzoqlashishga shoshilar edilar. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
2. koʻchma Qarindoshlik, qadrdonlik, yaqinlik aloqalarini susaytirmoq yoki yoʻqotmoq; bordi-keldi qilmay qoʻymoq; begonalashmoq.
-
U [Mirzakarimboy] oʻz ichida oʻyladi: Onasining uzoqlashib ketgan togʻasini yigit bekorga yoʻqlab keladimi? Oybek, Tanlangan asarlar
-
Gavhar bir narsani tushunmasdi: Odamlar undan uzoqlashyaptimi yo oʻzi odamlarga begona boʻlib qolyaptimi? Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Ravshan esa lahza sayin begonalashib, uzoqlashib borar, yoniga yoʻlatmasdi. Yoshlik
UZOQLASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЗОҚЛАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
uzoqlash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar