uzoq
bilan ulashing
1. Oraliq masofasi (nisbatan) katta, nisbatan narida joylashgan; olis.
-
Uzoq qishloqdan keldi. Ovozi uzoq-uzoqlarga yetmoq. Tuyaga minib, uzoqni koʻzla. Maqol
-
Sidiqjonning koʻzi daryoning u tomonida, uzoq ufqda miltillab turgan son-sanoqsiz chiroqlarga tushdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Bir mahalda uzoqda qora nuqta koʻrindi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Vaqt eʼtibori bilan davomli, katta, koʻp.
-
Uzoq tikilmoq. Uzoq suhbatlashmoq. Uzoq kutmoq. Uzoq muddatli kredit. Uzoq yashamoq.
-
Bu jang uzoqqa bormaydi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Sidiqjon uzoq sukut qilib qolgandan keyin bosh chayqadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. Doʻstlik, qarindoshlik, tanishlik va shu kabilar jihatdan bogʻlanish u qadar yaqin boʻlmagan, yaqin emas.
-
U yerda Elmurodning ham bir emas, koʻpgina uzoq qarindosh-urugʻlari bordir. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Mehmon uzoq qarindosh — otasining ammavachchasi — Ashirmat edi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Nurining nikoh kuni u begona qiz — uzoq qiz butunlay tanish va yaqin boʻlib qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. koʻchma Bevosita aloqasi, munosabati yoʻq; aloqasiz.
-
Bundoq maslahatlarda mahkama sohibi, ammo ilm-u fandan uzoq Ahmad Chalabiy ham bir chekkada esnab oʻtirardi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Sultonmurod shu vaqtgacha xalq tirikchiligidan uzoq yashar, uning dardlariga begona edi. Oybek, Navoiy
uzoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻzdan uzoq
-
Koʻzdan uzoq yur, uqdingmi? Oybek, Navoiy
Uzoq gap
-
Oftob oyim qarindoshlaridan jonkuyar deb tanilgan kishi Kumushbibining togʻasi — Ahmadbek boʻlib, u ham umrining koʻpini Qoʻqondami, Xoʻjanddami oʻtkazar, shuning uchun undan yoriy kutish ham uzoq gap edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Uzoq yili
-
Buxoroda, uzoq yili betob boʻlib yotganida ham, koʻziga shunday murdalar, alvastilar koʻringan edi. Mirmuhsin, Meʼmor
Uzoqni koʻrmoq
-
Bugunni emas, uzoqni koʻrish kerak, kosoving uzun boʻlsa, qoʻling kuymaydi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Hamma balo shu savodsizlikdan chiqyapti. Uzoqni koʻrolmaydi. S. Ahmad, Hukm
Uzoqqa bormaydi
-
Endi oʻzini qayoqqa ursa ham, uzoqqa bormaydi. Hisobotini eshitamiz-u, tamom. P. Tursun, Oʻqituvchi
Uzogʻi bilan
-
Uzogʻi bilan ikki-uch kun ichida ishingizni olasiz. N. Safarov, Hayot maktabi
Ehtimoldan uzoq emas
UZOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЗОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
uzoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar