rais
bilan ulashing
1. Baʼzi organ, tashkilot, idora, jamiyat va shu kabilarning boshligʻi, rahbari.
-
Ashurxon, raisning bevaqt kelishidan choʻchiganidanmi yo oʻzining gunohkorligini bilganidanmi, avval bir oz oʻzini yoʻqotgan boʻlsa ham, darrov oʻnglab oldi. S. Zunnunova, Olov
-
Mahalliy komitet raisi topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarish uchun qanchadan-qancha vaqt ketishini oʻylagan edi. Gazetadan
2. Majlisni boshqaruvchi shaxs.
-
Majlis raisi.
-
Nutq davomida rais majlis ahlini ikki marta tartibga chaqirdi. A. Qahhor, Nutq
3. tarixiy Diniy marosim va urf-odatlarning bajarilishini kuzatib boruvchi, shuningdek, oʻlchov va tosh-tarozilarning toʻgʻriligini tekshiruvchi mansabdor shaxs.
-
Aqlim olgan zargar qizi, Muftiy, aʼlam, rais, qozi, Tengdoshlarim, xush qol endi! Bahrom va Gulandom
-
Oʻqi! Har qanday qiyinchilik bilan boʻlsa-da, oʻqi! Lekin qozi boʻlma! Rais boʻlma! Imom boʻlma!Agar mudarris boʻlsang, mayli. S. Ayniy, Esdaliklar
RAIS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАИС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
rais so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar