rahmat
bilan ulashing
1. undov so‘z Tashakkur va minnatdorchilikni ifodalovchi soʻz.
-
Katta rahmat! Otangga rahmat!
-
— Rahmat!— Muqaddam unga mehr bilan tikilib qolganini payqab, darrov koʻzlarini yashirdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Tashakkur, minnatdorchilik, shukronalik.
-
Kim yaxshilik urugʻini sepsa, rahmat hosilini oladi. Gazetadan
-
[Oyimxon] Madaminning xotinlarining hovlisini supurib, suvini tashib bergan, ammo rahmat oʻrniga qargʻish va jerkish eshitgan. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. din. Marhamat, muruvvat.
-
[Hidoyat oʻz-oʻziga:] Xudoyo, rahmatingdan oʻrgilay, oshxoʻrga — osh, nonxoʻrga non yetkizursan. Hamza, May-saraning ishi
rahmat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Rahmat aytmoq
-
Muborak Nabijonga rahmat aytib xayrlashdi-da, yosh boladay likillab, chopqillab ketdi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
-
U qayta-qayta rahmat aytib, meni mashinaga kuzatib qoʻydi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Xudo rahmat qilsin (yoki rahmatiga olsin)
-
Xudo rahmat qilsin. Oʻzi ham xatini olib, muhrga qarab qolgan ekan-da bechora. Hay, nachora, bandalik ekan — deb qoʻydi. K. Yashin, Hamza
RAHMAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАҲМАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
RAHMAT so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan RAHMAT so‘ziga berilgan ma’nolar
rahmat so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
rahmat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar