rahm
bilan ulashing
Ayanch yoki mushkul ahvoldagi kimsaga, narsaga nisbatan achinish tuygʻusi va shunday tuygʻu taʼsirida koʻrsatilgan shafqat, marhamat.
-
Sizni ogʻzi qon boʻri dedim, chunki sizda rahm yoʻq. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bir kun undan qit-tay rahm tilagan ayollarimizni qoʻndoq bilan savab baqirdi. Oybek, Quyosh qoraymas
rahm soʻzi qatnashgan jumlalar:
Rahm qilmoq
-
[Oyisha begim Boburga:] Samarqand sizga jangsiz darvoza ochmas, endi oʻzingizga rahm qiling. Urushga bormang, oʻtinaman! P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Sizda odamiyat boʻlsa, bu gʻaribi notavonga rahm qilmaganingizda ham, anovi shoʻrlik bolalarning zoriga rahm qilishingiz kerak edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Birov zulm qilsa, birov rahm qilar ekan, birov osh bersa, birov non berar ekan. Oydin, Sadagʻang boʻlay, komandir
Rahmi kelmoq
-
Yalang boshidan kon oqayotgan, yirtilgan koʻylagi orasidan momataloq badani koʻrinib turgan, oʻzi choʻkka tushib, odamlardan shafqat soʻrayotgan yigirma yoshlardagi yigitga Tohirning rahmi keldi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Xotin kishining kuz yoshi shirin boʻladi. Yodgorning rahmi keldi. Xotinini ovutdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Rahmini keltirmoq
-
Bashirjon odamning rahmini keltirar darajada yupun, odmigina kiyinib, Shamsi Toʻrayevichnikiga yoʻl oldi. N. Aminov, Suvarak
RAHM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАҲМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
rahm so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar