raftor
bilan ulashing
1. Xatti-harakat, yurish-turish, qadam olish.
-
Lekin ado boʻlgur meni xushlamadi, raftorim, yurish-turishim yoqmagan emish. N. Aminov, Yolgʻonchi farishtalar
-
Oq kapitanni tanigandi, albatta, biroq uning raftoridan gʻirt telba ekanligini anglab, yanada hayratga tushdi. Yoshlik
-
Asqar ota, bu hurmatli juvon boshqa xotinlardan raftori bilan ajralib turar, degan bir oʻyda edi. A. Qahhor, Xotinlar
2. kt. koʻchma Yuz, bet; tashqi koʻrinish.
-
Yunusxonning raftori duv qizarib, zumda asliga qaytdi. Yoshlik
-
Sal chimirilgan qoshlari demasa, Avazning raftoridan bir nima anglab olish qiyin edi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
RAFTOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАФТОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
raftor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan RAFTOR so‘ziga berilgan ma’nolar
raftor so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar