rahbar
bilan ulashing
1. Biror davlat, tashkilot, guruh, jamoa va shu kabilarga yoʻl koʻrsatib, boshchilik qilib boruvchi, rahbarlik qiluvchi; yoʻlboshchi, rahnamo.
-
Hukumat rahbarlari. Rahbar xodim.
-
Mustaqillik sharoitida yashash har bir rahbar, fuqaro zimmasiga ulkan masʼuliyat ham yuklaydi. Gazetadan
-
Bugun boshqaruv tizimiga millati, elati, urugʻidan qatʼiy nazar, el ishonchiga sazovor boʻlgan rahbarlar kirib kelmogʻi zarur. Gazetadan
2. Taʼlim-tarbiya beruvchi, yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi; ustoz.
-
Musiqa rahbari. Ilmiy rahbar. Yaxshi rahbar — chin padar. Maqol
-
Rejissyor ijodiy tashkilotning ham gʻoyaviy, ham badiiy rahbaridir. Gazetadan
rahbar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sinf rahbari
-
Sinf rahbarimiz aqlli, dono ayol. Men sinf rahbarim bilan bamaslahat ish qilaman.
RAHBAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАҲБАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
rahbar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar