rahmsiz
bilan ulashing
1. Rahm-shafqatni bilmaydigan; berahm, shafqatsiz.
-
Rahmsiz odam. Rahmsiz suratda ishlatmoq.
-
Shuning uchun mehnatkashni rahmsiz ishlatib, madrasalar bino qilmoqda, ariqlar chiqarmoqda edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Oh Olimjon, ayaginang oʻlsin! Rahmsiz otang oʻlsin. Nima qildi? Ayt-chi kim urdi? Hamza, Tanlangan asarlar
2. koʻchma Shafqatsizlikni ifodalaydigan, ayamasdan, berahmlarcha qilingan.
-
Xushroʻyning rahmsiz muhokamasidan oqqan bu haqiqatlar Zaynabni yigʻlatdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Qaynataning qarashlari rahm-siz va beayov edi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
RAHMSIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАҲМСИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
rahmsiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar