olis
bilan ulashing
1. Biror yerdan uzoqda, yiroqda boʻlgan.
-
Olis joy. Olis qishloq.
-
Axir bundan oʻn besh kun ilgari Umid yuk mashinasida Mirzachoʻldagi olis sovxozga chiqib keldi. Mirmuhsin, Umid
-
Oʻspirinlar, olis manzilni koʻzlagan sayyohlarday, safarga puxta hozirlangan edilar. Yoshlik
-
Olis bir qishloqdan kelib, murakkab sanʼat yoʻlini tutib, uni puxta egallashning oʻzi katta jasorat. Gazetadan
2. Uzoq, davom etadigan; davomli, uzoq.
-
Olis yoʻl. Olis safar.
-
Yoʻllar azobi endi unutildi, deganda yana olis safarga joʻnatib yuborishmoqchi. S. Ahmad, Jimjitlik
3. Oʻtmishdagi, qadimgi.
-
Lekin tanimizda kezar-ku, beshak, Olis bobolarning ming yillik qoni. A. Oripov, Yillar armoni
olis soʻzi qatnashgan jumlalar:
Olisni koʻzlamoq
-
[Zikriyo qori:] Eshon olisni koʻzlaydi. N. Safarov, Sharq tongi
OLIS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОЛИС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
olis so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar