oliy
bilan ulashing
1. Mavqeyi, martabasi, rahbarlik roli va shu kabilar jihatidan eng yuqori; bosh.
-
Oliy Majlis. Oliy sud. Oliy bosh qoʻmondon.
-
30 oktyabr koʻpi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi oʻz ishini davom ettirdi. Gazetadan
2. Sifat jihatidan eng yuqori, eng yaxshi.
-
Oliy nav. Oliy sifat.
-
Bogʻda hovuz boʻyiga shinam shiyponlarga yozilgan dastur-xonlar yozilganicha, besh yulduzli oliy nav konyaklar ochilganicha, soʻyilgan boʻrdoqilar soʻyilganicha qolib ketdi. O. Yoqubov, Diyonat
3. Eng yuqori darajali, eng yuqori, yuk-sak.
-
Oliy maqsad.
-
Oʻzbek adabiyoti haqiqatan har jihatdan barkamol, tahsinga loyiq, xalqimizning oliy maqsadi uchun kurashda katta kuch boʻlib qoldi. K. Qahhorova, Chorak asr hamnafas
4. Taraqqiyotning eng yuqori darajasiga erishgan, barkamol.
-
Tashkilotning oliy formasi.
5. Taʼlim tizimidagi yuqori bosqich.
-
Oliy oʻquv yurti.
-
Baʼzan oliy maʼlumotli kishilar oʻz tarjimayi hollarini bir varaqqina yozib berishga ogʻrinadilar. Shukrullo, Saylanma
6. Eng kuchli, eng yuqori.
-
Sirasini aytganda, mavsum boshidayoq oliy ligaga berila-yotgan qoʻsh yoʻllanmadan birini qoʻlga kiritish oson boʻlmasligi koʻzga tashlanmoqda. Gazetadan
7. Yuqori, murakkab.
-
Oliy matematika.
8. Yuqori, soʻnggi.
-
Oliy jazo.
oliy soʻzi qatnashgan jumlalar:
Janobi (yoki zoti) oliylari
-
— Erta bilan janobi oliyga ariza va sovrinimizni tortiq qilgandan keyin, agar ruxsati oliy boʻlsa, soʻngra savdoga kirisharmiz, — dedi karvonboshi. S. Ayniy, Qullar
-
Zoti oliylariga podshoh hazratlarining iltifotlari baland emish. Oybek, Navoiy
-
Prezident janobi oliylari. Bosh vazir janobi oliylari.
Farmoni (yoki amri) oliy
-
[Salimboyvachcha:] Xoʻsh, ayting-chi, podshoning mardikor olishiga nima deysiz? Mana, farmoni oliy chiqdi. Oybek, Tanlangan asarlar
OLIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОЛИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oliy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar