olish
bilan ulashing
1. Olmoq feʼlining birgalik nisbati. Fikr olishmoq.
-
Oshdan Yemagan boʻlsangiz, siz ham olishing, — dedi bek. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Urishmoq, kurashmoq, jang qilmoq; mushtlashmoq.
-
Qahhor va Ozod olisha ketishdi. Ozod bir amallab uning iskanjasidan chiqarkan, qayta soʻradi: — Nima gap oʻzi? Yoshlik
3. koʻchma Biron-bir toʻsiqni yengish, uni bartaraf etish maqsadida tinimsiz harakat qilmoq.
-
Kanalga kelmaganlar paxta bilan olishib yotishibdi. S. Ahmad, Ufq
-
Butun xalq Konibodomdan Uchqoʻrgʻongacha choʻzilgan qurilishda tinim bilmay mehnat qilar, yer bilan, toshu shagʻallar bilan olishardi. S. Ahmad, Ufq
4. koʻchma Bahslashmoq, haq-huquq talashmoq, tortishmoq; bir-birini yengish uchun tirishmoq.
-
Hakimboyvachchaning yaqin doʻstlaridan bir kishi Mirzakarimboyga orqavorotdan tip tekizganini eshitib, u bilan uzoq zamon olishgan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qudrat kambagʻallar tarafini olib, qishloq baloxoʻrlari bilan olishmagan kunini bilmaydi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
olish soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bel olishmoq
-
Men koʻp davralarda bel olishganman. S. Ahmad, Ufq
Yoqa olishmoq
Don olishmoq
-
Xotini avtobusda qaytayotib, Eshqobil ferma sigir sogʻuvchisi Yorozgul bilan don olishib yuradi, degan gapni eshitib qolibdi. Yoshlik
Qoʻl olishmoq
-
Har gal Mirvali Rahimov bilan uchrashganda, qiziqchilik orasida, qoʻl olishganlarini eslatib qoʻyardi. Rahimov unga, sabr qiling, deb qoʻyardi. S. Ahmad, Jimjitlik
OLISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОЛИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
olish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar