tomiz
bilan ulashing
1. Tommoq feʼlining orttirma nisbati.
-
Koʻzga dori tomizmoq.
-
Ota dekchasini osdi va chayladan shishadagi juvoz moyini keltirib, unga tomizdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
[Qilichev] Ichki choʻntaklariga turli-tuman tabletkalar, hidlaydigan, yutadigan, tomizadigan dorilar solib yuradi. Mirmuhsin, Zanglagan qilich
2. (faqat boʻlishsiz shaklda) Bir qatra ham anoyi qilmaslik, bekor ketkazmaslik, yordam koʻrsatmaslik.
-
U onasiga bir chakki tomizmaydi.
-
Boy pishiq odam, bir tiyinni chakki tomizmaydi. Oybek, Ulugʻ yoʻl
tomiz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ogʻziga suv tomizmoq
-
Reviziya arpa, bugʻdoy yetishmaganligini aniqlagan paytda, Aliqulning ogʻziga suv tomizilayotgani toʻgʻrisida mish-mish tarqatildi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
Oqizmay-tomizmay
-
Jannatxon otasiga dasturxon yozdi, otasini siyladi, lekin erining soʻzlarini ham oqizmay-tomizmay yetkazdi. I. Rahim, Taqsir
TOMIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОМИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tomiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar