tomoq
bilan ulashing
1. Boʻyinning engak osti (tumshuq osti) qismi.
-
Kanizak koʻk roʻmolini tomogʻining tagidan bogʻlab olgan yerga qarab jadallab kelar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Birorta odam zigʻircha kamchiligimiz haqida ogʻiz ochsa, tomogʻidan gʻippa boʻgʻamiz. F. Musajonov, Himmat
2. anat. Qiziloʻngach bilan kekirdak boshlanadigan yer; boʻgʻiz.
-
Tomoq ogʻrigʻi. Tomogʻim ogʻriyapti.
-
Qizda uyqu yoʻq. Uning badani qizgʻin, tomogʻi qaqragan, yuragi shiddatli uradi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
[Abdurahmonboy] Tomogʻiga sovuq havo tiqilganday, bir entikdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Har yutumi tomoqni qirib oʻtadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Taom, ovqat, ovqatlanish.
-
Tamli tomoq. Tomoq yemoq. Tomoq qilmoq. Qarini tomoq asraydi. Maqol
-
Uydagilarning soʻzlarinigina emas, hatto tomoq chaynashlarini ham eshitsa boʻlar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Tomoqdan keyin Otabek ham bir oz uxlab olish uchun yotdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
tomoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tomoq qirmoq
-
U tomogʻini ora-sira qirib, entikib turib gapirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Darvoza ochayotgan kishi qattiq yoʻtalib, ustma-ust tupurdi va tomoq kirib, Kir!, dedi boʻgʻilib. N. Aminov, Suvarak
-
Tomoq kirsam, bas, shu tob, Keltirib besh six kabob, Koʻlimga tutib sharob, Ichavering, xoʻp, derdi. Gʻ. Mahmudov, Vaqtim ziq
-
keksa bir ulamo tomoq kirib, oʻzidan xabar bermagani-da, kim biladi, u sukunat yana qincha davom etar ekan? M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Tomoqni hoʻllamoq
-
Yoshlikning oxiri, qarilikning boshi, deganday, ozroq tomoqni hoʻllab olsak boʻlardi. Mushtum
Tomogʻi taqillamoq
-
Tomogʻi takillab turgan Ahmad bir otishda qadahni boʻshatdi. F. Musajonov, Himmat
-
Haligi Mamasaid deganimizning qizi ham boʻyiga yetib, koʻzga koʻrinib qoldi. Birorta hamyoni kattaroqqa pullasam, deb tomogʻi taqillab yuribdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Tomogʻi qichimoq
-
U tomogʻi qichigan kuni biror kishining simini shartta uzib, uyiga kirib ketadi. Mushtum
Tomogʻidan oʻtmaslik
-
Tomogʻidan [buvamning] hech narsa oʻtmaydi, suv ichsa ham, gʻargʻara qilib tashlayveradi. Gazetadan
-
Qudrat tomogʻidan ovqat oʻtmay, ikki qoʻli chekkasida, xayol surib ketdi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
Tomogʻini yogʻlamoq (yoki moylamoq)
-
Ular boyning qoʻzi va qazilari bilan tomogʻi moylanib, ishni yopib yuborgan edilar. S. Ayniy, Qullar
-
Mudirga choʻtal toʻlagan yuqoridagi kishilar boshlikning tomogʻini moyladik, endi ovozi chiqmaydi, deb bir porsiyali ovqatni uch porsiya qilib, xoʻrandalarni choʻmichdan qoqa boshladilar. Mushtum
Tekin tomoq
-
Tekin tomoq ichagingni teshadi. Maqol
-
Tekin tomoq tanni toza qiladi. Maqol
-
Allonxoʻja qoʻrasidagi qora oʻtovlarni oralab, otboqar-u foytunchilarni, tekin tomoq yalqovlar, deb soʻkib juvozga quvdi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
Harom tomoq
-
Harom tomoq odam oʻgʻridan yomon. Uygʻun, Hayot chaqiradi
TOMOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОМОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tomoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar