tomoshabin
bilan ulashing
1. Biror tomoshani koʻrish uchun kelgan shaxs, tomosha koʻruvchi.
-
Teatr tomoshabinlari. Futbol tomoshabinlari.
-
Tomoshabinlar chapak chalib yubordilar. Hamma yoqdan qiyqiriq eshitildi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Xalq, sahnaning ochilishini kutgan tomoshabinday, jim edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. ko‘chma, dag‘al Biror ishga loqaydlik bilan chetdan qarab, kuzatib turuvchi shaxs.
-
Tomoshabin boʻlib turmoq.
-
— Xafa boʻlmang, aka, — dehqonning yelkasiga qoqib yupatdi Yoʻlchi,— falokat emas, arava sinadi, tuzatiladi Atrofda odam toʻplandi. Baʼzilar achinadi, baʼzilar tomoshabin. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Janjal esa borgan sari gazak olardi, ota-ona ham ularning kelishmovchiligiga aralashmas, goʻyo tomoshabin rolini oʻtashar edi. Gazetadan
TOMOSHABIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОМОШАБИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tomoshabin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar