tomchi
bilan ulashing
1. Suyuqlikning zarrachalari tortishuvi natijasida aylanma sirt bilan chegaralangan, bir tomishdan hosil boʻlgan alohida kichik boʻlagi.
-
Suv tomchisi. Yomgʻir tomchilari. Bir tomchi ham qoldirmay ichmoq. Tomchi sel boʻlmas, dushman el boʻlmas. Maqol
-
Tomchi toshni teshadi. Maqol
-
Bir tomchi suv chumoliga daryo koʻrinadi. Maqol
-
Bu gal qusuq qonga aylangan edi, [Kumushning] burnidan ham bir necha tomchi qon oqdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Uning [dehqonning] oftobda kuyib pishgan, etsiz, yirik yonoqli yuzida koʻz yoshimi, termi, har holda tomchilar yumalanar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. sheva, aynan Chakka II.
-
Tomdan tomchi oʻtayotir.
-
Yomon boʻlganda qanday — umrning zavoli. Onam, tomchining har chiq etgani — bir kunlik umrning chiqqani, deydilar. P. Tursun, Oʻqituvchi
tomchi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Daryodan (yoki dengizdan) bir tomchi
-
— Bu aytganlarimiz daryodan bir tomchigina! — dedi Olimov, bolalarning koʻpi hali qanoatlanmaganini sezib. — Togʻlarimizda sir koʻp. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
TOMCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОМЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
TOMCHI so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan TOMCHI so‘ziga berilgan ma’nolar
tomchi so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
tomchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar
Yangi so'zlar
- botoks
- baholashlar (Evals)
- metakognitiv
- Sun’iy intellekt kod agentlari (AI Code Agents)
- tahayyur
- barbershop