g‘ovla
bilan ulashing
1. Hosili yaxshi boʻlmay, oʻsishi kuchaymoq; ortiq darajada boʻyiga oʻsmoq.
-
Sal ehtiyotsizlikka yoʻl qoʻysak, gʻoʻza gʻovlab, hosilni boy berib qoʻyishimiz turgan gap. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Shunday hollar boʻladiki, ekin uch marta va undan koʻproq oziqlantiriladi, lekin u gʻovlamaydi, hosili moʻl, gʻoʻzapoyasi normal boʻladi. Gazetadan
2. koʻchma Avjlanmoq, kuchaymoq, zoʻraymoq (odatda, salbiy narsa-hodisalarga nisbatan qoʻllanadi).
-
Kibr-havosi gʻovlab ketgan tergovchi boshini koʻtarib, xoʻsh? deyishni ham ep koʻrmadi. V. Mahkamov, Ham aylanib, ham oʻrgilib
-
Bolaligidan boshqalardan ajralib turishga intilish balogʻatga yetgan sari gʻovlab ketdi. Shuhrat, Shinelli yillar
g‘ovla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boʻlsa — boʻlar, boʻlmasa — gʻovlab ketar
-
Bu tom va devorlar uzoqdan goʻyo biron hafsalasiz odam boʻlsa — boʻlar, boʻlmasa — gʻovlab ketar qabilidan qilib, omonatgina qoʻnqaytirib qoʻygandek koʻrinadi. H. Shams, Dushman
-
Muzaffar ham boʻlsa —
-
boʻlar, boʻlmasa — gʻovlab ketar qabilida ish tutyapti. J. Abdullaxonov, Toʻfon
Kallasi (yoki miyasi, boshi)gʻovlamoq
-
Umuman, odamlarga yaxshi qoʻshilolmaydigan Komil kattalar oldida oʻzini yoʻqotib qoʻygan edi. Hozir uning kallasi gʻovlab, qulogʻi shangʻillar edi. M. Osim, Tilsiz guvoh
-
Chuqur xayolga tolgan Mahkam akaning miyasi gʻovlab, gangib qolgandi. R. Fayziy, Hazrati inson. Shu alpozda.
-
u boshi gʻovlab, peshingacha telbalardek shaharda tentirab yurdi. F. Musajonov, Himmat
G‘OVLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒОВЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘ovla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar