g‘ov
bilan ulashing
1. Biror tomonga oʻtish, kirish uchun imkon bermaydigan qurilma, toʻsiq.
-
Ahyon-ahyon atrofi gʻov bilan qurshalgan qoʻralar, chetanli chorbogʻ, yertoʻla yangligʻ kulbalar hamon saqlanib turganini koʻrib hayron qolasiz. J. Abdullaxonov, Xonadon
-
Bir uchiga arqon bogʻlangan yogʻoch — koʻtarma gʻovni tushirib, yoʻlni toʻsdi. S. Nurov, Narvon
-
Yuk vagonlarining hayhotday ochiq eshiklaridagi gʻovlar surilib, yuzlari issiqdan qoraygan askarlar pastga sakrab tusha boshladilar. M.M. Doʻst, Lolazor
2. sprt. Kuch sinash mashqlari oʻtkaziladigan toʻsiq.
-
Marraga borguningcha Oʻn bir gʻovdan sakraysan. Z. Diyor.
3. koʻchma Biror ish-faoliyat, rivojlanish, istak va shu kabilar yoʻlidagi toʻsiq, qarshilik, toʻgʻonoq.
-
Tashabbusni rivojlantirish yoʻlidagi barcha gʻovlarni olib tashlashni qatʼiyan talab etdilar. Gazetadan
-
Haqiqiy muhabbat oldida hech qanday gʻov dosh berolmasligiga ishontirishim kerak edi. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
g‘ov soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gʻov boʻlmoq
-
Jamiyat ijtimoiy-maʼnaviy taraqqiyotiga gʻov boʻlib turgan xilma-xil illatlar dadil fosh etilgan. M. M. Doʻst, Lolazor
-
ayrim nopok shaxslarning qingʻir ishlariga gʻov boʻlganim uchun aqlimni kiritib qoʻyishmoqchi boʻlishgani fosh etildi. Mushtum
-
Lekin Gulchehra Sulton bilan Dilbar oʻrtasida gʻov boʻlishni sira-sira istamas edi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
kam qoʻll. Ichi boʻsh; gʻovak.
-
— Sekinroq, tosh bor devdim-ku, gʻov kalla, — degan ovoz eshitildi. A. Koʻchimov, Halqa
G‘OV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒОВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘ov so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar