g‘olib
bilan ulashing
zid. Urush, jang, kurash, tortishuv, musobaqa va shu kabilarda gʻalaba qozongan, ustun chiqqan; muzaffar; magʻlub.
-
Gʻolib xalq.
-
Fashizmga qarshi jang qilib, zafar quchib qaytgan gʻoliblarimiz million-million. N. Safarov, Olovli izlar
-
Sottixon faqat musobaqa gʻolibigina emas, balki ijodiy mehnat va novatorlikda ham namunalar koʻrsatgan ilgʻor ishchilardan biri. Tuygʻun, Stanoklar yonida
-
Bosh sovrin taʼsis etildi — turnir gʻolibi toshkentlik ustalar ishlagan katta chinni vazani oladi. Gazetadan
g‘olib soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gʻolib kelmoq (yoki chiqmoq)
-
Musobaqada gʻolib chiqmoq.
-
Sen kurashda gʻolib kelganda, Togʻday koʻtarilar koʻkragim. T. Toʻla
-
Aytgandek, jangda yengdik, Gʻolib chiqdik, xoʻp sevindik. M. Shayxzoda;
-
Dardim gʻolib kelib, yotib qoldim.
-
Toʻsatdan vujudini qamragan onalik mehri gʻolib kelib, tortgan azobi ham esidan chiqdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Gʻolib kelar charchoq, nihoyat, Tongga yaqin ilinadi koʻz. A. Sher, Qadimgi kuy
G‘OLIB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒОЛИБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘olib so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar