g‘ovak
bilan ulashing
1. Ichi boʻsh; kovak-kovak, gʻalvirak.
-
Gʻovak yogʻoch. Gʻovak togʻ jinsi. Metallning gʻovak joylari. Qamish poyasining ichi gʻovak boʻladi.
-
Boʻz yerda, necha ming yillardan beri koʻksidan suv dumalamagan gʻovak yer — suv bosishi bilan choʻkib, xalqob boʻlib qola boshlaydi. Sh. Gʻulomov, Baxt boʻstoniga
-
Togʻda yurib, ancha tajriba orttirgan Toʻraqul qor gʻovak boʻlib turgan joylarni chetlab oʻtardi. A. Koʻchimov, Halqa
2. koʻchma Ichi, zamini boʻsh.
-
Toshkentning hokimi Shaharni soʻragan Oʻrdada turib. Lekin gʻovak ekan qalʼa negizi, Devor ham, davlat ham qulagan chirib. M. Shayxzoda, Toshkentnoma
G‘OVAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒОВАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘ovak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan G‘OVAK so‘ziga berilgan ma’nolar
g‘ovak so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar