g‘oya
bilan ulashing
1. Obyektiv borliqni, voqelikni kishi ongida aks ettiruvchi, ayni zamonda kishining obyektiv borliqqa, voqelikka munosabatini ifodalovchi, kishilarning dunyoqarashlari asosini tashkil etuvchi, odamlarni maqsad sari yetaklovchi fikr, tushuncha, tasavvur.
-
Eski gʻoyalar va qarashlar ularni yuzaga keltirgan shart-sharoitlarga nisbatan uzoqroq umr koʻradi. Gazetadan
-
Yozingiz, mana shu qurʼon hurmati bilan qasamyod qilib aytamanki, men oʻzimning kurashchan qobiliyatimni shu jamiyatning gʻoyalari yoʻlida tugatajakman [dedi nomaʼlum kishi]. N. Safarov, Tarix tilga kirdi
-
Dinning vazifasi — gʻoyalar va eʼtiqodlar tizimini sharhlash, izohlash hamda qayta ishlashdan iborat. Muloqot
2. Badiiy, siyosiy yoki ilmiy asarning mazmuni, tub mohiyatini belgilovchi asosiy fikr.
-
Asarlarning xalq mulki boʻlib qolishiga sabab shuki, u asarlar magʻziga singdirilgan gʻoya kishilar diliga, ularning istaklariga yaqindir. N. Safarov, Olovli izlar
-
Bu novellalar muayyan maʼnoda mustaqil asardek taassurot qoldiradi va ayni vaqtda bir-biri bilan bogʻlanib, umumiy asarning gʻoyasi va ruhini ochishga boʻysundiriladi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. Biror ish-harakat qilish haqidagi fikr, oʻy; niyat, maqsad.
-
Kishi astoydil mehr qoʻygan gʻoyasini doim eng toʻgʻri va keng tarqalgan deb his qiladi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
-
Shoʻroʻzakni oʻzlashtirish gʻoyasini birinchilar qatori Tursunmat olgʻa surgan edi. Oʻzbekiston qoʻriqlari.
-
Mening uchun koʻyingizda va oyogʻingiz uchida jon berish juda shirin edi va koʻpdan beri gʻoyam edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
G‘OYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒОЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘oya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan G‘OYA so‘ziga berilgan ma’nolar
g‘oya so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar
Yangi so'zlar
- arbada
- pilates
- Sun’iy intellekt kod agentlari (AI Code Agents)
- gallyutsinatsiya (uydirma)
- skrinshot
- feyk