tomosha
bilan ulashing
1. Ommaviy ravishda namoyish etish uchun tayyorlangan sahna asari, koʻrsatuv.
-
Teatr tomoshasi. Sirk tomoshalari. Tomosha zali. Tomosha qoʻymoq. Spektaklni qiziqib tomosha qilmoq.
-
Peshayvon oynasiga tushirilgan parda orqasidan Hamza chiqib keldi-da, tomosha tugaganligini eʼlon qildi. K. Yashin, Hamza
-
Televizorni koʻraverarkanmiz-u, tomoshalarni tayyorlash qanchalik mashaqqatli boʻlishini bilmas ekanmiz. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Tabiiy, u koʻndi, shu yoʻsin ertaga oʻynaladirgan tomoshaga Sultonalining xotini ham oʻrgatildi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. Umuman, kishi eʼtiborini tortadigan, eʼtibor bilan qaraydigan, kuzatadigan, undan zavq-shavq oladigan, taʼsirlanadigan narsa.
-
Chorsudagi choyxonadan oʻtib, ajib bir tomoshaning ustidan chiqishdi. Samovar toʻla odam. Ashula, askiya, hangoma, qahqaha avjida. K. Yashin, Hamza
-
Obboʻ, pol yuvishni koʻrish ham tomosha boʻptimi? Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
— Baliqlar ham koʻp alomat narsa-da, — deb qoʻydi tomoshaga berilib ketgan Qudrat ichida. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
3. Kishi eʼtiborini tortadigan mashmasha, janjalli holat; hangoma.
-
Bularning qitigʻiga tegma. Agar gazetaga tortsa, gʻir etib tergovchi keladi. Ana unda koʻr tomoshani. P. Tursun, Oʻqituvchi
tomosha soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tomosha qilmoq
-
Hamza xalqqa qarab: — Ho-zir bir manzara koʻrinadi, shuni tomosha qilasizlar, — deb eʼlon qildi. K. Yashin, Hamza
-
Yigit-qizlar yashnab borayotgan choʻlni, yangi qurilgan imoratlarni, tepalikni tilka-pora qilayotgan ekskavatorni tomosha qilishardi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Uyga keldig-u, Yuvosh ikkalamiz yulduz va medallarni tomosha qila boshladik. E. Raimov, Ajab qishloq
TOMOSHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОМОША so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tomosha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar