tomon
bilan ulashing
1. Biror narsa yoki joyga (makonga) nisbatan yoʻnalishdagi joy, makon; taraf.
-
U tomon. Bu tomon. Koʻchaning ikki tomoni. Bogʻning bir tomoni. Paykalning toʻrt tomoni.
-
Bir tomoni bosib qolgan kulbaga Yoʻlchini yotqizishdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Xonaning ikki tomoniga karavot qoʻyilgan. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Toʻrt tomon qum, xayriyat, bunda hech kim eshitmaydi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Oʻzaro nisbatda, munosabatda boʻlgan shaxs yoki shaxslar guruhining har biri.
-
Dushman tomon. Quda tomon.
-
Ammo oʻz otasidek boʻlib qolgan noib janoblarining tomonini olishni ham, yovuzona bir qudrat egasi boʻlgan Zokir kalla tomoniga oʻtishni ham bilmay, ikkilanib turardi. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar
-
Har ikki tomonning ishini koʻrgan odam muqarrar: Bular kim tez qazirga oʻynashganov! deb oʻylaydi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Abdurahmon yosh bola ekan, otasi oʻlib, onasi va ota tomonlari tarbiyasida qoldi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
3. (koʻplik shaklida — tomonlar). Oʻzaro muxolif, zid munosabatdagi shaxs yoki subyektlar.
-
Tomonlarni kelishtirmoq. Tomonlarning roziligini olmoq.
4. Ish, narsa-hodisa, masala va shu kabilarning qirralari, qismlaridan biri; jihat.
-
Masalaning eng muhim tomoni. Asarlardagi mushtarak tomonlar.
-
Ha, bizning kasbning oʻziga xos nozik, jilov tutqizmas, baʼzan asov, baʼzan injiq tomonlari bor. N. Safarov, Olovli izlar
-
Men koʻlda choʻkkanim, bolaning qutqargani qolib, boshqa tomonini aytdim. H. Nazir, Yonar daryo
-
Ammo ayni chogʻda uning ham oʻziga xos zaif to-monlari bor edi. S. Karomatov, Oltin qum
5. mat. Tekislikdagi geometrik shakllarni hosil qiluvchi kesmalarning har biri.
-
Toʻgʻri toʻrtburchak tomonlari. Tomonlari teng uchburchak.
6. koʻm. vzf. Makon, payt, obyekt, sabab kabi munosabatlarni, shunday maʼnolarni bildiradi.
-
Biz tomonga kelyapti. Ovoz koʻcha tomondan kelyapti. Kechga tomon xabar olmoq.
-
Yelkasiga tashlangan kitelining yengiga qoʻl sola turib, indamay eshik tomon yurdi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Kechga tomon Sobirning xonasiga Odil buva kirib keldi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Ammo olamshumul bu kashfiyot ilmiy kengash tomonidan yetarli baholanmaganga oʻxshaydi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
-
Bir tomondan ferma mudiri uning oʻrnida siz boʻlsangiz-u, koʻz oldingizda boshi ochiq bir juvon qilpillab yursa E, sodda ekansiz, uka! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
tomon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tomonini olmoq
-
Darvish gov koʻpincha fuqaroning tomonini olar, beklarga, navbati kelmaguncha, suv bermas edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Sizni qarang-u, yana oʻshalarning tomonini olasiz-a. P. Tursun, Oʻqituvchi
TOMON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОМОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tomon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar