tomir
bilan ulashing
1. anat. Odam va hayvonlar tanasida qon yoki limfa oqadigan naychasimon aʼzo.
-
Tomirdan qon olmoq. Tomirga dori quymoq.
-
Toʻlagan yerga qarab jim qoldi. Uning chakka tomirlari boʻrtdi, burnining uchi yiltiradi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. koʻchma Umuman, narsa-hodisaning hayoti, faoliyatini taʼminlovchi omil, vosita.
-
Sanoatning yuragidir marten pechi, Yurak boʻlgach, ishlaydi-da erta-kechin. Bu yurakni yurgizadi usta Anvar, Sanoatning tomiriga poʻlat oqar. Mushtum
-
Qishloqning hayot tomiri urib turgan har bir joyda tashabbus yaqqol sezilib turadi. Gazetadan
3. so‘zlashuv tili Yurak harakati natijasida qon tepishi; puls.
4. t. S. Mushaklarni suyakka biriktiruvchi puxta, elastik toʻqima; pay.
-
[Yoʻlchi] Tomiri tortishgan odam kabi, bir lahza qotib qoldi, soʻng qilichini mahkam ushlab, bukchayib, ohistagina yerga yiqildi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Tomirlarini yozish uchun boshini orqaga tashlab, bir-ikki silkitib oldi. S. Karomatov, Oltin qum
5. biologiya Oʻsimlik tanasida suyuqlik va undagi erigan moddalar oqadigan toʻqima naychalar.
6. bot. Ildiz.
-
Ariq boʻylarida, qir etaklarida oʻtgan yilgi oʻtlarning tomiridan nozik maysalar unib chiqa boshlagan. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Agar u har kuni ertalab, kechqurun soyga tushmaganda edi, koʻza-koʻza suv quyib, tomiriga nam yubormaganda edi, oʻrik allaqachon xazon boʻlardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
7. koʻchma Ildiz, negiz.
-
Yaxshi naql — tomiri aql. Maqol
-
Joʻraxon bu muhim masalani aytishdan bosh tortganda, buning tomiri juda uzoq ekanligini Gʻulomjon darrov fahmlab oldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
8. koʻchma Bir-birini qoʻllovchi, bir-biriga homiylik qiluvchi kishilar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻlanish, aloqa; ildiz.
-
Zatakoʻz domlayam, Turdivoy xalfayam, hammasi Bularning tomiri uzun, Zagʻchakoʻz mudarris boʻlgan ekan, oʻgʻillari, shogirdlari katta-katta amalda deyishadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Shuhratparastlar xalqqa yuqoridan qanday zarar yetkazgan boʻlsalar, pastdan ham shunday zarar yetkazganlar. Ularning tomiri bitta. H. Gʻulom, Senga intilaman
9. sheva Qarindosh, urugʻ; qarindoshlik rishtasi.
-
Yurtga dongʻi ketgan Jonaliboyga, Qizing berib, boyga tomir boʻlaylik. Poʻlkan
-
Tojiboy oʻzi kambagʻallardan boʻlsa ham, tomiri Olaxoʻja maxsum bilan tutashgan edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
10. sheva Tutingan oʻrtoq, yaqin doʻst.
-
To-miringni maqtama, yomon chiqsa, qaytasan. Maqol
-
Ikki oʻrtada soʻz bergandik, to-mirmiz deb, Zuvalasi ayrim bitta xamirmiz deb. Gʻ, Gʻulom
-
Mingning zotini bilgandan birning otini bil, deganlar, tanishib qoʻyaylik, tomir. A. Muxtor, Qoraqalpoq qis-sasi
tomir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qon tomirlari
Tomirni (yoki tomir) urishini (yoki tepishini) koʻrmoq
-
Tabib, Ota-bekdan voqeani soʻrab bilgandan soʻng, Kumushning tomirini koʻrib, labini tishlab qoldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Tomiriga (yoki ildiziga, oyogʻiga, tagiga) bolta urmoq
-
Elmurod oʻzining jaholatga qarshi boʻlgan bilimini odamlarga yoyish bilan domlaning tomiriga bolta urayotganini yaxshi fahmlamasdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Tomir otmoq (yoki yoymoq)
-
Ammo butun bir soboli yashab, tomir otib qolgan bejirim joylarni yoʻq qilish — xutor sistemasini yoʻqotish, degan gapga kirmaydi. J. Abdullaxonov, Xonadon;
-
Sherbek katta koʻcha toʻrt tomonga tomir otgan joyda toʻxtab qoldi. S. Anorboyev, Oqsoy;
-
Odamlar orasida ham devpechak borligini, u asta tomir yoyib borayotganini bilgandi-yu, ammo oʻsha devpechakning ildizini topa olmay dogʻda edi. S. Ahmad, Hukm
TOMIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОМИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tomir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar