tom
bilan ulashing
Tomchilab oqmoq; chakka-chakka oqib turmoq, tushmoq, tomchilamoq.
-
Xatga siyoh tomdi. Shimga yogʻ tomdi. Tomchi tomib boʻlguncha, daryo oqib oʻtadi. Maqol
-
Toma-toma koʻl boʻlur, hech tommasa, choʻl boʻlur. Maqol
-
Sovuq tomchilar uning yuziga, boʻyniga tomib gʻashini keltirdi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Koʻz yoshlari egarning qoshiga va otning yoliga toma boshlaydir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Uning koʻzlaridan oppoq soqoliga qatra-qatra yosh tomar edi. A. Qahhor, Asror bobo
tom soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻzlaridan qon tomadi
-
Azim tajang bir qadam oldinga tashladi. Koʻzlaridan qon tomardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Ogʻzidan (yoki labidan, tilidan) bol (yoki asal) tomadi
-
Kattadan-kichikka ogʻzidan bol tomib muomala qiladigan xola negadir men bilan til uchida soʻrashib qoʻya qoldi. T. Alimov, Dashshoʻ
-
Lablaringizdan bol tomadi, yonib turgan olovsiz. K. Yashin, Hamza
Yuzidan qon tomadi
-
[Qishlogʻimiz] Odamlari shunaqangi xushbichimki, bir qarashdayoq suqingiz kiradi. Yuzlaridan qon tomadi. E. Raimov, Ajab qishloq
Qamchisidan qon tomadi
-
Qiz avval qoʻrqdi, otasi uning Sidiqjon bilan soʻzlashib turganini emas, bogʻga tushganini bilsa ham, terisiga somon tiqadi: bu xususda otasining qamchisidan qon tomar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
TOM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tom so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar