toliq
bilan ulashing
1. Kuch-madori qurimoq, tinkasi qurimoq, holdan toymoq; madorsizlanmoq.
-
Beli toliqmoq. Qoʻli toliqmoq. Koʻzi toliqmoq.
-
Allaqayerda koʻrganim chip-pa-chin esimda turipti-yu, rostini aytsam, ajratolmayapman, toliqibman shekilli. S. Karomatov, Oltin qum
-
Uning toliqqani, ruhan qiynala-qiynala tunlari yaxshi uxlay olmagani rang-roʻyidan koʻrinib turardi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Kun isidi, amir-zodam. Yoz ramazoni tinkani quritur. Ertagacha toliqib qolmasinlar. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Hayot-ehtiyoj narsalaridan kamchiligi boʻlmoq, siqilmoq, shu jihatdan qiyin, nochor ahvolda boʻlmoq.
-
Oziq-ovqatdan toliqmoq.
-
Tanbalning yoshiga yetguncha koʻp gʻalabalarni koʻrursiz. Holbuki, bu urushlardan el-ulus behad toliqdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Bola-chaqasi toliqsa ham, yemay-ichmay orttirganini olib kelib, shayxlar oyogʻiga toʻkadi. K. Yashin, Hamza
TOLIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОЛИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
toliq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar