tole
bilan ulashing
1. Turmushdan mamnunlik holati, turmushdan mamnun etuvchi taqdir.
-
Toleingda bor ekan yashash, Goh qon ichding, gohida sharob. A. Oripov, Yurtim shamoli
-
Toleingdan oʻrgilay, qizim, onang shoʻrlik qiz boʻlib, kelin boʻlib, hech narsa koʻrmagan edi, xudoyi taolo hammasini senga nasib qilgan ekan. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
-
Ha, tole boʻlmasa qiyin ekan! Men ne-ne orzular bilan ilm-hunar oʻrganib kelgan edim! Vatanim boʻlmish Fargʻona vodiysida madrasalar qurmoqchi edim. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. so‘zlashuv tili Omad, baxt.
-
Xoʻjayinning karmoni oʻpirilganga oʻxshaydi, tolei yoʻq-da. Shu bu yil yutqizishdan boshi chiqmay qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Sulton boʻzchining oʻgʻli Muhammadjonning tolei past ketdi. N. Safarov, Sulton boʻzchining nevaralari
TOLE so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОЛЕ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tole so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar