tola
bilan ulashing
1. Yigirish, gazmol toʻqish va shu kabilar maqsadlar uchun ishlatiladigan juda ingichka, puxta tabiiy yoki sunʼiy material.
-
Ipak tolasi. Jun tolasi. Sunʼiy tola.
-
Biz tergan paxtaning har bir tolasin Yovuzlar boʻyniga aylagil sirtmoq. Gʻayratiy
2. Soch, soqol kabilarning har bir moʻyi.
-
Ayt, bu soching tolasimu, Jon ipin bir bandimu? E. Vohidov.
-
Uni quchoqlab oʻpgisi, har bir tolasi ogʻir mehnat, alam bilan sugʻorilgan oppoq soqolini koʻzlariga surtgisi keldi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. kam qoʻll. Kokil, zulf.
4. koʻchma Umuman, tolaga oʻxshash narsa haqida.
-
Oʻrgimchak toʻqir oq tolalar, xonqizi boradi mehmonga. Sh. Rahmon, Yurak qirralari
-
Poliefir tolasidan ishlangan sunʼiy qon tomirlar arteriya tomirlari torayib qolgan bemorlarga yordam berishda qoʻllanmoq-da. Fan va turmush
-
Ogʻriq — jagʻ tolalarining isyoni boʻlib, biror aʼzo yoki vujudning dod-faryodidan darak beradi. Fan va turmush
TOLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tola so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar