tokcha
bilan ulashing
1. Mahalliy uylarda idish-tovoq va boshqalar anjomlar qoʻyish uchun devorda kvadrat yoki boshqa shaklda ishlangan maxsus joy.
-
Elmurod koʻrpachaga oʻtirdi. Soʻngra yon-beriga kuz yugur-tirdi. Kichkina tokchalarga rang-barang chinni va sopol kosalar terilgan edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Tokchalarga miskoʻza, samovar, qumgʻon, jom, chinni piyolalar tartib bilan terib qoʻyilibdi. K. Yashin, Hamza
-
Tokchalari ganchdan ajoyib gullar bilan ishlangan katta uyda bir talay odam oʻtirgan edi. Oybek, Navoiy
2. Umuman, vazifasi, shakli yoki boshqa biror jihati bilan tokchaga oʻxshash narsa, joy.
-
Tokilar ostidagi doʻkonlarning tokchalariga uyilgan harir mollar shoyi, atlas va boshqa rango-rang bazzozlik mollari bu yerga kelganlarning koʻzini oʻynatadi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Shkaf tokchalariga terib qoʻyilgan turli ichimliklar yaqqol koʻrinib turibdi. S. Azimov, O, Laylo
-
Abduvali aka deraza tokchasiga omonatgina oʻtirdi. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Ular [kiyiklar] besh-olti gaz pastda — tokchada, ikki tomon esa tik devor. Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi
tokcha soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kir tokcha
-
Ikki taxmon oʻrtasidagi kir tokcha tepasida choy qutisining zar qogʻozlaridan qirqib yopishtirilgan Madinaning tasviri. S. Ahmad, Saylanma
TOKCHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОКЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tokcha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar