tolqon
bilan ulashing
1. Qovurilgan don, quritilgan non va shu kabilardan tuyib tayyorlangan yemish.
-
Non tolqon. Bugʻdoy tolqon.
-
Ertalab Tozagul mehmon opani yangi tugʻgan sigirning ogʻizi va oʻgʻirdan issiqqina chiqqan oqishoq tolqon bilan siyladi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Niyoz bobomning kampiri Xumor xola dasturxon yozdi, bir hovuchdan jiyda, oʻrikqoqi, tolqon qoʻydi. Yoshlik
2. Umuman, tuyilgan har qanday narsa; poroshok.
-
Nosvoy tolqon.
tolqon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tolqon qilmoq
-
Xotinlar, odatda, hayitga holva, tolqon qilishadi;
-
Maxorkani tolqon qilaman. Jindak ohak yoki kul bilan xurushga keltiraman. Oybek, Quyosh qoraymas
-
-
Bu yoqdagi qazuvchilar ham Gʻulomjon, Barot polvon, Zamon singari togʻni ursa tolqon qiladigan azamatlar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Singlimning nomusini himoya qildim, deb gap tarqatib yurgan mirob, tuhmati oʻtmasligini sezib, moʻltayib, tolqon yutib oʻtirdi. S. Nurov, Narvon
Ogʻziga tolqon solmoq (yoki tolqon yutmoq)
-
Nega jim oʻtiribsizlar? Ogʻizlaringizga tolqon solib oldilaringiz-mi? Chirmanda chalib, qoʻshiqni boshlanglar! I. Rahim, Chin muhabbat
TOLQON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОЛҚОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tolqon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar