shosh
bilan ulashing
1. Erishish, yetish va shu kabilarga sabrsiz intilmoq; oshiqmoq.
-
Avaz Yoshulli bilan olishib gaplasholmadi, raisning nega shoshayotganiga ham tushunmadi. S. Siyoyev, Avaz
-
Yomgʻir aralash qor yogʻib turgan boʻlsa ham, u negadir shoshmas edi. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
— Rahmat, shoshib turibmiz, — dedi Melivoy. F. Musajonov, Nozik masala
2. Tez, zudlik bilan bajarmoq; tez, ildamlik bilan harakat qilmoq.
-
Odamlarning shoshib yurishiga qaraganda, qormi, yomgʻirmi yogʻsa kerak. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Shoshib xatni yonidan chiqazib, qoʻliga berdi. S. Ahmad, Ufq
-
Zargarov hali qayoqqa borishini bilmasa ham, shoshib, etiklarini kiydi. A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
3. Toʻsatdan yuz bergan ish, hodisa tufayli hovliqmoq, hayajonlanmoq, esankiramoq.
-
Toʻsatdan mehmonlar kelib, shoshib qoldim. Shoshganda labbay topilmas. Maqol
-
Qudrat esa bolalarning gapini tinglashini ham, atrofdagi boy manzaralarni koʻrib olishini ham bilmay, shoshib qolgan edi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
shosh soʻzi qatnashgan jumlalar:
Aqli shoshmoq
-
Koʻrgazmaga kelganlarning u yerda-gi eksponatlardan aqli shoshadi;
-
Ana shu yerga kelganda koʻplarning boshi gangib, aqli shoshib qoldi. H. Gʻulom, Mashʼal
Shoshma hali yoki shoshmay tur
-
Shoshma hali, peshonangdan otib, yerga choʻziltirmasam, odam bolasi emasman. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Sen oʻzboshimchani akamga aytib, adabingni berdirib qoʻymasammi, sen etaksiz, shoshmay tur K. Yashin, Hamza
SHOSH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШОШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan SHOSH so‘ziga berilgan ma’nolar
shosh so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
shosh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar