shoshilinch
bilan ulashing
1. sifatdosh Tezda bajarilishi lozim boʻlgan; oshigʻich.
-
Shoshilinch buyurtma. Shoshilinch majlis. Shoshilinch ish. Shoshilinch telegramma. Shoshilinch tibbiy yordam. Ishi juda ham shoshilinch emas.
-
Men shoshilinch bir ish bilan Buxoroga ketyapman Mirmuhsin, Meʼmor
2. ravish Shoshgan holda, shosha-pisha, shoshib-pishib.
-
Gʻayratchan Xalil aka hamma ishni ham shoshilinch qilardi. F. Musajonov, Himmat
-
Nahotki Avaz boʻlsa? deb gumonsiradi va kalishini oyogʻiga shoshilinch ilib, tashqariga otildi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. ot Shoshib turilgan payt.
-
Shoshilinchda kitobimni unutibman.
SHOSHILINCH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШОШИЛИНЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shoshilinch so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar