oliyjanob
bilan ulashing
1. Yuqori darajada odobli, xulq-atvori, odamgarchiligi juda baland; ulugʻ, asl.
-
Umid, sen oliyjanob, oqila bir qizning muhabbatini oyogʻosti qilding, sen bu alamni oʻlguningcha tortasan. Mirmuhsin, Umid
-
Yaxshilarga ergashgan murodga yetadi. Deganlarki, oliyjanob odamlar har qachon yoʻldoshimiz boʻladi. Gazetadan
-
Oʻz hamqishloqlarimiz, hamshaharlarimizning naqadar ajoyib, odamoxun, oliyjanob, dilkashligini boshqa yurt xalqlari bilan muloqotda boʻlganingizdan keyin yanada yaxshiroq tushunarkansiz. Gazetadan
2. Yuqori darajada himmatli, oliyhimmat, himmati baland.
-
Raisimiz juda oliyjanob odam, eshitgandirsiz, yordam berib turadilar. Mirmuhsin, Ildizlar va yaproqlar
3. Juda yaxshi, misli yoʻq.
-
Oliyjanob uy.
4. Ezgu, yuksak maqsadga ega.
-
Oliyjanob gap. Oliyjanob kasb. Oliyjanob ish.
-
U odamlikning eng oliyjanob, eng yuksak, eng shirin hislaridan mahrum boʻladi. S. Zunnunova, Olov
-
Nodirning xayoliga oliyjanob bir fikr keldi. Sharq yulduzi
OLIYJANOB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОЛИЙЖАНОБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oliyjanob so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar